O`RTA ASRLARDA SHARQ ALLOMALARINING YOSHLARNI KASB- HUNARGA YO`NALTIRISHGA OID QARASHLARI
Nurboyev Quvondiq Mirzanovich, 1 O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo`limi, fizikamatematika
Ключевые слова:
: kasb-hunarga yo`naltirish, hunar egallash, ta`lim, tarbiya, kosiblar, ilm ahli, inson mijozi, muhim kasbiy sifatlar.Аннотация
Kirish ma`lumotlari / dolzarbligi. Maqolada O`rta asr Sharq allomalari va faylasuflarining yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirishga oid qarashlari tadqiq etilib, ularning yillar davomida vaqt sinovidan o`tgan dono fikrlari va teran qarashlari hozirgi kunda ham ah`amiyatli ekanligi yoritib berilgan.
Metodlar: Mavzuga oid tarixiy manbaalar va ilmiy adabiyotlarning retrospektiv tahlili.
Natijalar. Shaxsning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining eng asosiy shartlaridan bo`lgan – yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirishda, ularning kasbiy faoliyat sohasini to`g`ri tanlashi va ularda muayyan kasbiy sifatlarning shakllanganligi bo`lib, bu sifatlarni rivojlantirish, ta`lim va tarbiya singari alohida e`tiborga sazovor masala ekanligi tarixiy manbaalar va ilmiy adabiyotlarning retrospektiv tahlili asosida o`z tasdig`ini topdi.
Xulosalar. Sharq allomalari va faylasuflarining yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirishga oid yillar davomida vaqt sinovidan o`tgan qarashlari bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan, balki dasturul amal bo`lib xizmat qilmoqda. Allomalar asarlaridagi insonning kasb tanlash faoliyati va ularni kasb-hunarga yo`naltirish borasidagi qimmatli va dono fikrlarini o`rganish, o`sib kelayotgan yosh avlodni bo`lajak kasbiy faoliyati sohasini tanlashlari masalasiga ongli yondashishlariga yordam beradi.