MAKTAB REPERTUARI FANINI O‘QITISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Djalilov Ergash Samarqand davlat pedagogika instituti professori
Аннотация
Maqolada bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilariga umumta’lim maktablarida
musiqa ta’limi jarayonini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan samarali tashkil etish ko‘nikmalarini
shakllantirish usullari ustida to‘xtalib o‘tilgan. Jumladan, «Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab
repertuari» faninining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari, nazariy va amaliy xususiyatlari, o‘qitish
usullari hamda texnologiyalarini o‘rganib chiqish orqali musiqiy ta’limni yanada rivojlantirish
mumkinligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, maktab repertuarini oʻqitishda didaktik va metodologik
yondashuvlar, g‘oyaviy-badiiy yetukligi, xalqchilligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va
vokal-xorshunoslik imkoniyatlariga mos keluvchi repertuarni tanlash mezonlariga amal qilish,
qo‘shiqlarni kuylashga o‘rgatishda ovoz sozlash, o‘quvchilarning diksiya va artikulyatsiya ustida
to‘g‘ri ishlashi usullari bayon etilgan.